SIZ MAG‘LUB BO‘LDINGIZ!

Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!

OK

-Bosqich yakunlandi

Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!

Orqaga -bosqich

Tabriklaymiz!

Siz “Saf Bilim”ning mutlaqo g‘olibisiz, ilmda bardavom bo‘ling aziz dindoshim!

Shu joyiga yetib kelganingiz uchun bizdan sizga go‘zal eslatmalar bo‘lgan saxih hadislardan bir nechtasini tuhfa qilamiz, marhamat!

Aziz dindoshim, sizga biroz eslatma berish niyatida go‘zal Xadislardan bir nechtasini havola etmoqchimiz!

Va eslatgin. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur. (Zarriyat surasi, 55-oyat)

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ”Rasululloh sollallohu alayhi vassalam dedilar: Senga manfaat beradigan narsaga ishtiyoqmand bo‘l va Allohdan yordam so‘ra! Muslim rivoyat qilgan

Abdulloh inb Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vassalam: Islom besh narsaga bino qilingandir: “La ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh”, deb shaxodat keltirish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, xaj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish, dedilar” Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilgan

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollalloxu alayxi vassalam: Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uning aybini bu dunyoyu oxiratda berkitadi. Kim bir kambag’alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxiratida ishlarini yengillatadi. Modomiki, banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi, dedilar” Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vassallam: Uch duo mustajobdir, ularda shak yo‘q: ota-onaning duosi, musofirning duosi va mazlumning duosi, dedilar” Abu Dovud, Ahmad va Termiziy rivoyat qilganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vassallam: Bir odam yo‘lda yurib ketayotib, tikanli shoxni ko‘rib qolibdi va uni yo‘ldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni mag‘firat qilibdi, dedilar” Buxoriy, Muslim Termiziy va Nasaviy rivoyat qilganlar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vassallam: Kim kichigimizga rahim qilmasa va kattamizning xaqqini bilmasa, bizdan emas, dedilar” Buxoriy rivoyat qilgan

O‘yin haqida

Assalomu alaykum, Saf Bilimga xush kelibsiz. Ushbu o'yinda 3 ta bosqich mavjud. Savollarning umumiy soni 60ta. Har bir savol uchun sizga 30 soniya vaqt beriladi. Har bir to'g'ri javobingiz uchun sizga 2 ball beriladi, noto'g'ri javob uchun ham 2 ball kamayadi. 60-savolgacha yetib borsangiz sizga u yerda go'zal bir tuhfa tayyorlab qo'yganmiz. O'yin barchaga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.
O'yindagi savollar marhum xazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila", "Kifoya", "Ijtimoiy odoblar" kitoblaridan, shuningdek 2018-yil Toshkent Islom universiteti tomonidan chop etilgan "101 ulug' saxobiy" kitobidan va 2014-yili shu universitet tomonidan chop etilgan "Payg'ambarlar tarixi" (So'zboshi va mas'ul muxarrir marhum Anvar qori Tursunov) kitobidan va yana bir nechta ishonchli manbaalardan olindi.

O‘yin asoschilari:

Yaqindan yordam bergan backend dasturchi Akbarjon Tojiyevga minnatdorchilik bildiramiz!

GALAZERY TEAM, 2021

4 ball

1 -savol

0:00

Serverdan malumot kelmadi 😌
(sahifani qayta yuklang)